👑 Egasi — birinchi kun
- Kabinet → 📋 Menyu: avval kategoriya (🍔 Burgerlar), keyin taom: nomi, narxi, oshxona sexi, qo'shimchalar («Pishloq = 5000»).
- Kabinet → 🥕 Ombor → 📦 Kirim: go'sht, non, pishloq… (qancha, 1 kg/dona narxi, to'landimi yoki qarzga).
- Taomni bosing → 🧾 Texnologik karta: 1 porsiyaga xom ashyo (go'sht 0.15 kg, bulochka 1 dona) — tannarx va food cost o'zi chiqadi.
- 🪑 Zal va stollar: stollarni sozlang, har stolga 📱 QR chiqarib qo'ying.
- 👥 Xodimlar: kassir, ofitsiant, oshpaz, kuryer — har biriga login va PIN. Huquqlarni shu yerda o'zgartirasiz.
- ⚙️ Sozlamalar: xizmat haqi %, yetkazish narxi, chek matni, Telegram'ni ulash.
💰 Kassir
- Login + PIN bilan kiring — kassa o'zi ochiladi. Ish boshida 💵 Kassa → Smenani ochish (kassadagi pulni yozing).
- Stolni bosing (yoki «🥡 Olib ketish» / «🛵 Yetkazish» → «Yangi buyurtma») → menyudan taom bosing → 🍳 Oshxonaga.
- 💰 To'lov: naqd (qaytim o'zi hisoblanadi), karta, QR yoki «Aralash». Chek o'zi chiqadi.
- Mijoz «hisob» so'rasa — 🧾 Hisob (to'lanmagan chek). Chegirma, stolni almashtirish, bekor qilish — ⋯ tugmasi.
- 🌐 Onlayn buyurtma kelsa ovoz chiqadi — tekshirib 🍳 Oshxonaga bosing.
- Ish oxirida 💵 Kassa → Smenani yopish: pulni sanab yozing — farq bo'lsa egasiga Telegram'da xabar boradi.
📱 Ofitsiant (telefonda)
- Telefonda saytni oching, kiring. «Bosh ekranga qo'shish» — ilova kabi ochiladi.
- Stol → mehmonlar soni → taomlar → pastdagi 🧾 Buyurtma → 🍳 Oshxonaga.
- Taom tayyor bo'lsa telefon «dzing» qiladi — olib boring va berildi ni bosing.
🍳 Oshpaz (planshet yoki televizor)
- Kiring — oshxona ekrani ochiladi. Yuqorida o'z sexingizni tanlang (Grill, Bar…). ⛶ — to'liq ekran.
- Taomni bir bosish — «tayyorlanmoqda», yana bosish — «tayyor». Kartadagi ✅ Hammasi tayyor — butun buyurtma.
- 10 daqiqadan oshsa karta sariq, 20 daqiqadan oshsa qizil bo'ladi.
🛵 Kuryer
- Kiring → 🙋 Oldim → 🛵 Yo'lga chiqdim (mijoz telefonida ko'rinadi) → 💰 Pul oldim → ✅ Yetkazdim.
- 📞 bosib mijozga qo'ng'iroq, «xaritada» — manzil Yandex xaritada.
❓ Savollar
- Internet uzilsa? Sahifalar telefonda saqlanadi, lekin buyurtma va to'lov uchun internet kerak — ulanish qaytgach davom eting.
- Ombor minusga tushdi? Kirim qilinmagan yoki retseptda miqdor xato. Kirim qiling yoki 🧮 Inventarizatsiya qiling.
- Xodim boshqa restoranni ko'ra oladimi? Yo'q — har kim faqat o'z restoranini ko'radi.